Boshlang‘ich nuqta: uchta tarqoq manba

2024-yilda Savdochi ustidagi ish oilaviy do‘kondagi oddiy vaziyatdan boshlandi. Kundalik sotuvlar daftarga yozilar, ombor qoldig‘i Excel jadvalida yuritilar, mijozlarning qarzlari esa telefondagi eslatmalarda saqlanar edi. Ularni o‘zaro solishtirish har hafta alohida mehnat talab qilardi.

Birinchi vazifa — sotuv amalga oshgan zahoti ombor qoldig‘ini kamaytiradigan va mijoz qarzini avtomatik yangilaydigan yagona zanjirni qurish bo‘ldi.

Rollar o‘rtasidagi farqni tushunish

Amaliyot shuni ko‘rsatdiki, kassirga soniyalar ichida shtrix-kodni o‘qiydigan sodda kassa oynasi kerak. Ombor xodimiga partiyalar kirimi va qaytarishlar, rahbarga esa kassa harakati va foyda tahlili zarur.

Shu sababli Savdochi ham brauzerda (Next.js), ham kompyuterda (Tauri Desktop) ishlaydigan yagona platforma sifatida rivojlantirildi.