POS / ERP SaaS PlatformaMahsulot tafsiloti · Products / Savdochi
Savdochi

Savdo jarayonlari uchun yagona boshqaruv muhiti.

Savdochi — yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun savdo, ombor, mijoz qarzdorligi, kassa va moliyaviy tahlilni birlashtiruvchi dasturiy platforma.

Haqiqiy do‘konning kundalik muammolaridan kelib chiqqan yechim.

Savdochi ustidagi ish 2024-yilda oilaviy savdo do‘konidagi amaliy muammodan boshlangan: kassa daftari, Excel jadvallari va telefondagi qarz yozuvlari bir-biriga mos kelmas, ombor qoldig‘ini aniqlash va hisob-kitoblarni solishtirish ko‘p vaqt olardi.

Avval sotuv va ombor modullari, keyin esa mijozlar qarzdorligi, ikki valyutali hisob-kitob va boshqaruv analitikasi yaratildi. Bugungi kunda Savdochi to‘liq shakllangan POS/ERP platformasi sifatida ishga tushirilgan va ilk savdo do‘konlarida qo‘llanilmoqda.

Kassir va sotuvchilar uchun

Shtrix-kod skaneri yoki tezkor qidiruv orqali sotuvni rasmiylashtirish, aralash to‘lovlarni qabul qilish va chek chiqarish.

Ombor xodimlari uchun

Mahsulot katalogi, yangi partiyalar kirimi, joriy qoldiqlar, inventarizatsiya va qaytarishlarni aniq yuritish.

Biznes egasi va rahbar uchun

Tushum, sof foyda, xarajatlar, kassa holati va qarzdorlikni birlamchi hujjatlargacha tekshirish imkoniyati.

O‘zaro bog‘langan 6 ta operatsion modul.

01

Sotuv va POS kassa

Mahsulotni shtrix-kod yoki nom bo‘yicha tanlash, chegirmalar, naqd/karta/qarzga sotish va chek shakllantirish jarayoni.

02

Mahsulotlar va ombor hisobi

Katalog, o‘lchov birliklari, kirim hujjatlari, real vaqtdagi ombor qoldiqlari va mahsulot qaytarish amallari.

03

Mijoz qarzlari va hisob-kitob

Mijozlar va hamkorlar bo‘yicha qarz tarixi, to‘lovlar jadvali hamda Savdochi foydalanuvchilari o‘rtasida o‘zaro umumiy qarz hisobi.

04

Kassa, xarajatlar va UZS/USD hisobi

Naqd, plastik karta va bank o‘tkazmalari harakati, doimiy xarajatlar hamda UZS va USD valyutalarida amaldagi kurs bo‘yicha hisob.

05

Analitika va hujjatli isbot (Proof)

Daromad, foyda va xarajat ko‘rsatkichlari. Har bir hisobot raqamini unga asos bo‘lgan sotuv yoki kirim hujjatigacha ochib tekshirish mumkin.

06

Rollar, tasdiqlash va amallar jurnali

Xodimlar uchun aniq ruxsatlar, muhim o‘zgarishlar uchun so‘rov-tasdiq (approval) jarayoni, faoliyat tarixi va Excel/CSV eksport.

Skrinshotlarda demo do‘kon ma’lumotlari aks ettirilgan; maxfiy mijoz ma’lumotlari ishlatilmagan.

Haqiqiy ish muhiti skrinshotlari.

Joriy va rivojlantirilayotgan muhitlar.

Ishga tushirilgan

Web ilova (Brauzer)

Next.js va TypeScript asosidagi zamonaviy veb-interfeys — rahbarlar, buxgalteriya va savdo operatorlari uchun.

Ishga tushirilgan

Desktop ilova (Windows · macOS · Linux)

Tauri va Vite yordamida qurilgan tezkor kompyuter ilovasi — savdo nuqtalari va kassalar uchun barqaror ish muhiti.

Ishlab chiqilmoqda

Mobil ilova (iOS · Android)

React Native asosidagi alohida mobil ilova hozirda ishlab chiqish bosqichida.

Egalik va xizmat ko‘rsatish.

Savdochi — «NORTHSTAR INDUSTRIES» MChJga tegishli dasturiy mahsulot. Platformadan foydalanish huquqi, texnik qo‘llab-quvvatlash va shartnomaviy xizmatlar bevosita «NORTHSTAR INDUSTRIES» MChJ tomonidan taqdim etiladi.

Huquq egasi
«NORTHSTAR INDUSTRIES» MChJ (STIR 313360376)
Rasmiy mahsulot sayti
savdochi.uz
Demo muhiti
demo.savdochi.uz
Murojaat uchun
[email protected] · +998 99 029 73 11