Texnologiya kompaniyasi · Toshkent

Aniq fikr.Puxta muhandislik.Yangi imkoniyatlar.

NORTHSTAR INDUSTRIES dasturiy mahsulotlar va biznes uchun raqamli yechimlar ustida ishlaydi — jarayon tahlilidan tortib, uzoq muddatli barqaror ishlashigacha.

Texnologiyani biznesning haqiqiy vazifalariga yo‘naltiramiz.

NORTHSTAR INDUSTRIES — murakkab operatsion jarayonlarni tushunarli, ishonchli va kundalik ishda qulay dasturiy tizimlarga aylantiradigan muhandislik kompaniyasi. Biz asossiz marketing va’dalari o‘rniga aniq arxitektura va tekshiriladigan natijaga tayanamiz.

Kompaniya o‘z dasturiy mahsulotlarini rivojlantirish bilan birga korporativ buyurtmachilar uchun maxsus axborot tizimlari, avtomatlashtirish vositalari va ko‘p platformali ish muhitlarini loyihalaydi.

Savdochi

Savdochi — savdo va boshqaruv yagona tizimda.

Chakana va ulgurji savdo korxonalari uchun POS/ERP SaaS platformasi: sotuv va kassa, ombor qoldiqlari, mijoz qarzdorligi, ikki valyutali hisob-kitob (UZS/USD) hamda hujjatga asoslangan analitika.

Brauzer · Windows · macOS · Linux · iOS va Android uchun alohida mobil ilova ishlab chiqilmoqda.

Savdochi analitika ekrani. Demo do‘kon ma’lumotlari.
Savdochi analitika ekrani. Demo do‘kon ma’lumotlari.

Yaxshi tizim aniq savollardan boshlanadi.

  1. 01

    Discovery

    Biznes maqsadi, foydalanuvchi rollari, mavjud ish jarayoni va texnik cheklovlarni o‘rganish.

  2. 02

    Architecture & Design

    Texnik yechim, ma’lumotlar bazasi sxemasi va foydalanuvchi interfeysi maketlarini loyihalash.

  3. 03

    Engineering

    Tizimni mantiqiy modullar va qisqa iteratsiyalar bo‘yicha kodlash hamda birlashtirish.

  4. 04

    Verification

    Funksional testlar, hisob-kitoblarning aniqligini solishtirish va foydalanish sinovi (UAT).

  5. 05

    Deployment

    Production muhitiga joylashtirish, boshlang‘ich ma’lumotlarni yuklash va jamoani tayyorlash.

  6. 06

    Support

    Shartnoma doirasida tizim barqarorligini kuzatish va real foydalanish asosida yangi imkoniyatlar qo‘shish.

Kompaniya pasporti va asosiy faktlar.

Barcha rekvizitlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish guvohnomasi va rasmiy ta’sis hujjatlariga asoslangan.

Yuridik shaxs
«NORTHSTAR INDUSTRIES» MChJ
Ro‘yxatdan o‘tgan sana
24-sentabr 2026-yil (№ 3359185)
Asosiy faoliyat (IFUT)
62.01.0 — Kompyuter dasturlashtirish faoliyati
STIR
313360376
Flagman mahsulot
Savdochi POS/ERP SaaS (2024-yildan ishlab chiqilgan)
Joylashuv
Toshkent shahri, Yashnobod tumani

Hamkorlik haqida suhbatlashamiz.

Yangi dasturiy tizim, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish yoki Savdochi platformasi bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, bizga yozing.